w w w . s a m a r k a n d . u z

Dunyo nigohi yana Samarqandda: GEFning VIII Assambleyasi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi

Dunyo nigohi yana Samarqandda: GEFning VIII Assambleyasi boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi

Ko‘hna va navqiron Samarqand sanoqli kunlardan so‘ng yana atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan dolzarb mavzulardagi muhokamalar markaziga aylanadi.

30-maydan 6-iyunga qadar "Silk Road Samarkand" majmuasida Global ekologik fondning VIII Assambleyasi bo‘lib o‘tadi.
Assambleya 186 davlat hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar, biznes doiralari, ilmiy hamjamiyat, investorlar, fuqarolik jamiyati va eko-faollarni muhim ekologik masalalarga yechim izlash maqsadida birlashtiradi. Bir hafta davomida, ya'ni 6-iyunga qadar tadbir ishtirokchilarini yuqori darajadagi forumlar, innovatsion ko‘rgazmalar, uchrashuvlar va mintaqaviy ekologik loyihalar taqdimotlari kutmoqda. Markaziy Osiyoda suv resurslari, cho‘llanish, bioxilma-xillikni saqlash va yashil moliyalashtirish masalalari asosiy mavzulardan biriga aylanadi. Eng muhimi, tadbirda ekologik barqarorlik, yashil iqtisodiyot va iqlimga moslashish bo‘yicha yangi xalqaro tashabbuslarga start beriladi.

Muhim!

Assambleyada ishtirok etish istagida bo‘lganlar uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati 15-mayga qadar uzaytirildi. Bu esa ekologiya, iqlim, yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, yoshlar hamda media vakillari uchun noyob imkoniyatdir.

VIII Assambleya nafaqat xalqaro muloqot maydoni, balki Oʻzbekistonning ekologik diplomatiya va "yashil" islohotlar borasidagi sa’y-harakatlarini dunyoga namoyish etuvchi muhim voqeadir. Samarqandda o‘tadigan ushbu yirik ekologik sammit global hamkorlikni mustahkamlash, yangi investitsiyalarni jalb qilish hamda kelajak avlod uchun yanada barqaror va xavfsiz ekologik muhit yaratishga xizmat qiladi.


Kiritilgan vaqti: 20/05/2026 09:22.   Ko‘rilganligi: 53
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/dunyo-nigohi-yana-samarqandda-gefning-viii-assambleyasi-boshlanishiga-sanoqli-kunlar-qoldi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing