w w w . s a m a r k a n d . u z

DIQQAT E’LON!

DIQQAT E’LON!

Hurmatli ota-onalar!

Samarqand viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning fevral-mart oylarida barcha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida parazitar kasalliklarni aniqlash maqsadida tahlillar olib borilmoqda.

Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida tahlil uchun namunalarni maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining o‘zida muassasa hamshiralari orqali yetkazib, kasallik bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Shuningdek, yashash hududingizdagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limlarida ham mazkur tahllillarni amalga oshirish imkoniyati mavjud.

Unutmang, tahlillar bepul amalga oshiriladi!

Agar ushbu jarayonlarda muammoga duch kelsangiz (90)6577815 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz so‘raladi!

O‘z farzandining sog‘ligiga befarq bo‘lmagan ota-onalarni ushbu oylikda faol ishtirok etishga chaqiramiz!

Samarqand viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va

jamoat salomatligi boshqarmasi axborot xizmati.


Oxirgi o‘zgarish: 07/02/2023 22:20.   Ko‘rilganligi: 290
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/diqqat-elon33654

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.