Viloyat hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini ko’rsatish sifati hamda xizmat ko’rsatishda yo’l qo’yilgan qonun buzilish holatlari muhokama qilindi.
Qayd etilishicha, 2023-yilda davlat xizmatlari ko’rsatish sohasida 14800 ta holatda qonun buzilishiga yo’l qo’yilgan. Shundan, 9988 holatda davlat xizmatlari ko’rsatish muddatlari buzilgan, 1642 holatda murojaatlar asossiz rad etilgan, 849 holatda ortiqcha hujjat talab qilingan, 425 holatda to’g’ridan-to’g’ri davlat xizmatlari ko’rsatilgan.
Viloyat sektorlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etgan muhokamada qonun buzilishiga yo’l qo’yilishi sabablari sohalar kesimida tahlil etildi.
Jumladan, “Samarqand suv ta’minoti” MChJ va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan 3986 ta, davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) filiallari tomonidan 2895 ta, qurilish va arxitektura idoralari tomonidan 1772 ta, sog’liqni saqlash muassasalari tomonidan 1338 ta, “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi Samarqand filiali va uning tuman (shahar) bo’limlari tomonidan 1131 ta holatda davlat xizmatlarini ko’rsatishda qonun buzilishiga yo’l qo’yilganligi sabablari va hisobi so’raldi.
Vakolatli idoralarning rahbarlari nomiga 33 ta taqdimnoma va 633 ta ogohlantirish xatlari kiritilganligi, 501 nafar aybdor shaxsga ma’muriy jarima jazosi, 56 nafar shaxsga intizomiy javobgarlik chorasi ko’rilganligi ma’lum qilindi.
Muhokama yakunida rahbarlar va davlat xizmatlarini ko’rsatishga mas’ul etib biriktirilgan xodimlar rasman ogohlantirildi. Viloyat prokuraturasi tomonidan har bir holatga huquqiy baho berilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.