w w w . s a m a r k a n d . u z

Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i yoshlarning taklif, murojaat va muammolarini tingladi

Davlat xavfsizligi xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i yoshlarning taklif, murojaat va muammolarini tingladi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Ahmedov Samarqand shahrida yashovchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Unda yoshlar boshqarma boshlig‘iga o‘z murojaat va takliflarini bildirmoqda. Xususan, shaharning Gulobod mahallasida yashovchi Jasmina ismli qizning kutubxona uchun 200 ta kitob so‘rab qilgan murojaati ma’qullanib, unga kitoblar taqdim etiladigan bo‘ldi.

Istiqlol mahallasidan Sitora Sobirova tikuvchilikka o‘qitilib, tikuv mashinasi subsidiya asosida beriladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Yoshlar markazida viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan yoshlar yetakchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha DXX Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i kubogi musobaqasi o‘tkazilmoqda.


Kiritilgan vaqti: 26/07/2023 12:39.   Ko‘rilganligi: 1172
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/davlat-xavfsizligi-xizmati-viloyat-boshqarmasi-boshligi-yoshlarning-taklif-murojaat-va-muammolarini-tingladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.