w w w . s a m a r k a n d . u z

“Chirchiq” texnoparki — innovatsion sanoat markazi tajribasi o‘rganildi

“Chirchiq” texnoparki — innovatsion sanoat markazi tajribasi o‘rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlaridan iborat delegatsiya Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy va sanoat loyihalari bilan tanishmoqda.

Tashrif dasturi doirasida delegatsiya a’zolari yaqinda davlatimiz rahbari tashrif buyurgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Dastavval, mehmonlarga texnopark faoliyati hamda kimyo sanoatini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalar taqdimoti namoyish etildi. Unda hududda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va sanoat salohiyatini oshirishga qaratilgan rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari termoplastik elastomer granulalar va ulardan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “NovoPlast TPE” korxonasi faoliyati bilan tanishdilar. Korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida import o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgani qayd etildi.
Tashrif davomida mehmonlar “Zanjir dunyosi” taqinchoqlar ko‘rgazmasi bilan ham yaqindan tanishib, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari, ularning sifati va dizayn yechimlarini ko‘zdan kechirdilar.
Ta’kidlanganidek, texnopark hududida amalga oshirilayotgan loyihalar sanoatni diversifikatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va hududning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kiritilgan vaqti: 07/06/2026 22:01.   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/chirchiq-texnoparki-innovatsion-sanoat-markazi-tajribasi-organildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing