w w w . s a m a r k a n d . u z

"Buyuk Ipak yo‘lining qayta uchrashuvi" deb nomlangan Nara va Samarqand do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi

"Buyuk Ipak yo‘lining qayta uchrashuvi" deb nomlangan Nara va Samarqand do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi

Festivalning ochilishida so‘zga chiqqan Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Samarqand va Nara o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Festival doirasida Samarqand tarixi, buguni, zamonaviy rivojlanishi, madaniyati va turizm sohasidagi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Shundan so‘ng O‘zbek milliy maqom san'ati markazi viloyat hududiy bo‘limi, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi viloyat bo‘limi sa’natkorlari chiqishlar qilishdi.
Tadbirning ahamiyatli jihati shundaki, yaponiyalik san’at va madaniyat vakillari ham o‘zbek milliy kuy-qo‘shiqlarini ijro etishdi. JICA tashkiloti ko‘ngillisi, O‘zbekiston Respublikasining madaniyat elchisi Mashu Komazaki dutorning sehrli ohanglaridan yig‘ilganlarni bahramand etdi. “Yapon Marvaridi” guruhi a’zolari esa o‘zbek milliy raqslariga tushib, Buyuk Ipak Yo‘lidagi milliy madaniyatning uyg‘un va mushtarak ekanligini tarranum etishdi.
“De-Ossi” guruhi festival doirasida qaidimiy Nara ohanglarini ifodalab, Yaponiya va Gʻarb cholg‘u asboblaridan foydalangan holda musiqiy chiqishlarni namoyish qilishdi. Ikki kun davom etadigan ushbu festival yaponiyaliklarni o‘zbek milliy urf-odatlari va madaniyati bilan yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Kiritilgan vaqti: 26/07/2025 22:08.   Ko‘rilganligi: 36
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/buyuk-ipak-yolining-qayta-uchrashuvi-deb-nomlangan-nara-va-samarqand-dostlik-festivali-bolib-otdi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 6

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing