w w w . s a m a r k a n d . u z

Bulung‘urda temir yo‘l kesishmasidagi tonnel foydalanishga topshirildi

Bulung‘urda temir yo‘l kesishmasidagi tonnel foydalanishga topshirildi

Umumiy uzunligi 862 metr bo‘lgan yo‘l o‘tkazgich 2024-2025-yillarda bunyod etildi. Inshootning estakada qismi uzunligi 33 metr, balandligi 5,5 metr va kengligi 40 metrni tashkil etadi.

Yo‘l o‘tkazgich bo‘ylab 46 ta quyosh panelli yoritish chirog‘i o‘rnatilib, 800 metrdan ortiq masofada piyodalar yo‘lagi qurildi.
Tonnelning ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, viloyat va tuman faollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Adiz Boboyev to‘planganlarni Mustaqillik bayrami va yangi tonnel ochilishi bilan tabrikladi.
- Umumiy qiymati 80 milliard so‘m bo‘lgan mazkur inshoot bugundan boshlab xalqimiz xizmatiga topshirilmoqda.
Bilasiz, oldinlari bir kunda o‘rtacha 48 marta poyezd qatnovi natijasida piyodalar, avtotransport vositalari harakati umumiy hisobda 7-8 soatga to‘xtatilar edi. Bu albatta, transport vositalari orqali aholi qatnovi, tez tibbiy yordam va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda muammolarni keltirib chiqargan. Ushbu zamonaviy tonnelning qurilib, foydalanishga topshirilishi xalqimiz uchun munosib bayram tuhfasi bo‘ldi,- dedi Adiz Boboyev.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, tonnel qurilishiga 80 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Tadbirda qurilish ishlarida faollik ko‘rsatgan quruvchilarga viloyat hokimligining tashakkurnoma va sovg‘alari topshirildi.

Kiritilgan vaqti: 31/08/2025 21:33.   Ko‘rilganligi: 73
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/bulungurda-temir-yol-kesishmasidagi-tonnel-foydalanishga-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing