Viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Jomboy tumanida yashil maydonlarni kengaytirish, yo’l bo’yi infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasidagi ishlarni ko’zdan kechirdi.
Tuman mas’ullariga yo’l yoqalari va bo’sh joylarda ayni kunlarda davom etayotgan “Yashil makon” loyihasi doirasidagi kuzgi ko’chat ekish, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini keng ko’lamda olib borish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Yo’l bo’yidagi avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari, ustaxonalar, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish markazlari hududini obodonlashtirish, haydovchi va yo’lovchilarga qulaylik yaratish, sanitariya-gigiena nuqtalarining talab darajasida ishlashini ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratildi.
– Daraxt ko’chatlari va gullar ekish bilan cheklanib qolmay, ularni parvarishlash, birinchi navbatda sug’orish tizimini yaratish zarur, - dedi Erkinjon Turdimov.
Shuningdek, o’rganish davomida fermer, dehqon xo’jaliklari hamda aholi tomorqalarida yerdan samarali foydalanish, jumladan, “to’qsonbosti” usulida ekin ekish lozimligi ta’kidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 9
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.