w w w . s a m a r k a n d . u z

Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimligi tuzilmasida tayinlovlar amalga oshirildi

Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimligi tuzilmasida tayinlovlar amalga oshirildi

Keyingi bir yil davomida Samarqand viloyati Narpay tumani hokimi vazifasida faoliyat ko‘rsatgan Sherbek Bo‘ronov

Samarqand viloyati hokimining moliya-Iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Mutaxassisligi iqtisodchi bo‘lgan Sh.Bo‘ronov Narpayga rahbar bo‘lgunga qadar avvalgi chaqiriqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining deputati edi.
Samarqand viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasiga Navro‘z Rahmonov tayinlandi.
Bungacha N.Rahmonov viloyat hokimi o‘rinbosari kotibiyati mudiri edi.
Bugun Urgut tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan Botir Jabborov Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.
Ushbu vazifada ishlagan Shunqor Xudoyberdiyev bugun Payariq tumaniga hokim etib tayinlangandi.
Shuningdek, bugun viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i ham o‘zgardi. Ushbu lavozimga shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasining Hindistondagi elchixonasi savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan Xurshidbek Samiyev tayinlandi.
Avval Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari, keyinchalik Respublika savdo-sanoat palatasi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Jamshid O‘roqov Samarqand viloyat hokimining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasida ish boshladi.

Kiritilgan vaqti: 05/08/2025 18:28.   Ko‘rilganligi: 175
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/bugun-viloyat-hokimligida-bolib-otgan-yigilishda-viloyat-hokimligi-tuzilmasida-tayinlovlar-amalga-oshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 1

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing