w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirokida “Samarqand viloyatida sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2024-yilgi rejalar” mavzusida brifing

Viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirokida “Samarqand viloyatida sport sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2024-yilgi rejalar” mavzusida brifing

31 ta sport muassasalarining 3 224 ta sport sektsiyalarida 32 500 nafar (ulardan 8 623 nafar qizlar) yoshlar qamrab olingan.

Yil davomida 1566 ta sport tadbirlariga 1,1 mln nafar, aholining 26 foizi jalb etildi. Milliy terma jamoa tarkibiga 1232 nafar sportchilar kiritilgan (750 asosiy, 482 zahira).

2023-yilda quyidagi natijalar erishildi. Jumladan:

-O`zbekiston chempionati (kubogi)da 4957 ta (1388 ta oltin, 1268 ta kumush, 1701 ta bronza);

-Jahon, Osiyo va xalqaro musobaqalarda 627 ta (208 ta oltin, 179 ta kumush, 240 ta bronza) medallar qo`lga kiritildi.

Shundan, Xanchjou shahri (Xitoy)da Osiyo o`yinlarida:

48 nafar sportchi ishtirok etib, 13 ta (5 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza) medal,

ParaOsiyo o`yinlarida 12 nafar sportchilar ishtirok etib

8 ta (2 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza) medal qo`lga kiritdi.

G`oliblarga 3,0 mlrd so`m taqdirlash maqsadida ajratildi.

2023-yilda 12,4 mlrd. so`m (9,4 mlrd so`m mahalliy byudjet) mablag` evaziga 1 ta sport zal (Bulung`ur yangi qurilish),

1 ta stadion (Ishtixon) va 1 ta sport zal (Qo`shrabot) rekonstruktsiya qilindi.

41 ta “Workout” maydonchalari (11 mlrd 480 mln.so`m) foydalanishga topshirildi

2024-yil Ommaviy sport tadbirlari sonini 10 foiz (1722 ta)ga oshirib, aholi qamrovi 28 foizga oshiriladi.

2024-yil Parij shahrida (Frantsiya) bo`lib o`tadigan Olimpiya va Paralimpiya o`yinlariga 6 nafar sportchilar litsenziyani qo`lga kiritdi.

Olimpiya o`yinlariga (3 nafar): Taxmina Ikromova (badiiy gimnastika); Islom Baxromov (yunon-rum kurashi); Nigina O`ktamova (boks);

Paralimpiya o`yinlariga (3 nafar): Xusniddin Norbekov (para yengil atletika); Kubaro Hakimova (paraengil atletika); Urganchbek Egamnazarov (para yengil atletika).

Qo`shimcha olimpiya o`yinlariga 9 ta, paralimpiya o`yinlariga 1 ta litsenziya qo`lga kiritish rejalashtirilgan.

2024-yilda 6 ta sport inshooti 88,9 mlrd so`m mablag` evaziga

Investitsiya dasturi doirasida 3 ta
Toyloq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (250 o`rinli yotoqxona, 250 o`rinli oshxona va 34x36 o`lchamli sport zal qurish);

-Samarqand viloyati futbol akademiyasi (engil konstruktsiyali sendvich paneldan 24x48 m o`lchamdagi sport zali qurish);
-Ishtixon tuman sport maktabi (24x48 m o`lchamli sport zal).

Mahalliy byudjet hisobidan 1 ta Samarqand shahar 2-son sport maktabi 18X42 o`lchamdagi sport zal qurish.

Tashabbusli byudjet mablag`i hisobidan 1 ta Sportning suv turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi rekonstruktsiya.

Avtosanoat AJ hisobidan Samarqand shahar gimnastika markazi (160 o`rinli yotoqxona, 140 o`rinli oshxona va 42x66 m o`lchamdagi sport zal qurish)


Kiritilgan vaqti: 19/02/2024 12:03.   Ko‘rilganligi: 302
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/brif6

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.