Jumladan, joriy yilning 29-yanvar kuni davlatimiz rahbari huzurida o’tkazilgan “2024-yilda uy-joy, qurilish, kommunal xo’jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar” yuzasidan videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib,
joriy yilda viloyatda bu borada amalga oshiriladigan zaruriy chora-tadbirlar va vazifalarni belgilab oldik.
Amin bo’ldikki, marrani katta olib, vatanparvarlik bilan birlashib harakat qilsak, katta-katta ishlarni bajarishning imkoni bor ekan.
I. 2023-yildagi natijalar.
Investitsiya dasturi doirasida 1 trln 064 mlrd so’mlik ishlar bajarilib, 135 ta ob’yekt foydalanishga topshirildi.
Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida jami 10 079 xonadonga mo’ljallangan 185 ta ko’p qavatli uy-joylar foydalanishga topshirildi.
Ipoteka krediti bo’yicha 1 662 nafar fuqarolarga
141,9 mlrd so’m subsidiya to’lab berildi.
Jamoat transport sohasini rivojlantirish maqsadida 85 dona avtobus, 6 dona elektrobus va 27 dona mikroavtobuslar xarid qilindi, 43 ta yangi yo’nalishlar tashkil etildi hamda 102 mln nafar aholiga xizmat ko’rsatildi.
Ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash doirasida 854 km tarmoq va 167 ta inshootda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 75,4 foizga yetkazildi.
Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash doirasida
233 dona transformator va 14 ming dona temir-beton ustunlar o’rnatildi, 759 km elektr uzatish tarmoqlari tortildi.
1 496 km ichki yo’llar hamda 18 ta ko’prikda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor va kuz mavsumlarida 17 617 ming tup daraxt va buta ko’chatlari ekildi.
II. 2024-yilda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar va erishiladigan maqsadli ko’rsatkichlar.
1. Investitsiya dasturi bo’yicha jami 1 trln 495 mlrd so’m mablag’lar hisobiga 219 ta ob’yektni foydalanishga topshiriladi.
2. Ipoteka dasturi doirasida 9 500 xonadonli ko’p qavatli uylarni quriladi.
3. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 688 km ichimlik va oqova suvi tarmog’i, 122 ta inshootlarni qurish hamda ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 78,6 foizga yetkaziladi.
4. Aholining elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 318 dona transformator va 14 ming dona temir-beton ustunlar o’rnatish hamda 993 km elektr uzatish tarmoqlari tortiladi.
5. Jamoat transporti uchun 94 dona elektrobus, 12 dona avtobus zamonaviy avtobuslar xarid qilish, 1 dona yangi avtoshohbekat qurish va 5 ta yangi yo’nalishlar tashkil etish hamda 114 mln nafar aholiga xizmat ko’rsatiladi.
6. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bahor va kuz mavsumlarida 17 800 ming tup daraxt va buta ko’chatlari ekiladi.
7. Kommunal qarzdorliklarni qisqartirish bo’yicha ichimlik suvi ta’minotida 43,4 mlrd so’mga, elektr energiyasi ta’minotida 300,0 mlrd so’mga, tabiiy gaz ta’minotida 44,0 mlrd so’mga, maishiy chiqindi xizmatlaridan 31,3 mlrd so’mga qisqartiriladi.
Joriy yilda oldimizga qo’yilgan barcha vazifalarni o’z vaqtida, sifatli va vijdonan bajarilishini ta’minlash borasida barcha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirilishini ta’minlaymiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.