2023 yilda xorijiy sayyohlar 2 150 ming kishini tashkil etib, o`tgan yilga nisbatan 1,7 barobarga oshdi.
Shuningdek, 4 500 ming mahalliy sayyohlar tashrif buyurishdi.
Turizm xizmatlari eksporti 406 mln. dollarni tashkil etib, turistlarning o`rtacha qolish kuni 2,7 kunga uzaydi. (o`tgan yil mos davriga (1,5 kun) nisbatan 1,8 baravarga ortdi) 2 947 o`rinli 118 ta joylashtirish vositalari, shundan 25 ta mehmonxona (1 396 o`rin), 39 ta xostel (1 054 o`rin), 54 oilaviy mehmon uylari (497 o`rin) faoliyati yo`lga qo`yildi.
Ma`lumot uchun: viloyatda 16 529 o`rinli 607 ta joylashtirish vositalari, jumladan 164 ta mehmonxona (10 799 o`rin), 352 ta oilaviy mehmon uyi (3 317 o`rin), 91 ta xostel (2413 o`rin) faoliyat ko`rsatmoqda.
103 ta turkompaniyalar faoliyati yo`lga qo`yilib, ularning soni
304 taga yetkazildi.
Viloyatda 450 ta gid-tarjimonlar, 115 ta turistik sinfga mansub avtobuslar va 110 ta mikroavtobuslar turistlarga xizmat ko`rsatmoqda.
Shuningdek, sayyohlar uchun 16 ta turizm axborot markazi faoliyat yuritmoqda.
Umumiy qiymati 1,5 trln so`mlik 67 ta loyiha (720 xona, 1476 o`rin) amalga oshirilib, 1 026 nafar yangi ish o`rinlari yaratildi.
Shuningdek, turizmga yondosh xizmat ko`rsatish ob`ektlarida
5,8 mingdan ortiq yangi ish o`rinlari tashkil etildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26 apreldagi PQ-135-son qaroriga muvofiq, Samarqand shahri Bozorov ko`chasida kafe, fast-fud, supermarket, avtoturargoh, bepul Wi-Fi zonalari tashkil etilib, “turizm ko`chasi”ga aylantirildi.
Samarqand shahri “Bog`ibaland” mahallasiga “Turizm mahallasi”, Urgut tumani “Tersak” qishlog`iga “Turizm qishlog`i” maqomi berildi.
Xorijiy va mahalliy turistlar uchun 300 dan ortiq madaniy ko`ngilochar tadbirlar, 50 dan ortiq konferentsiya, forum, sammit hamda halqaro tadbirlar o`tkazildi.
Misol uchun, Butunjahon Turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 25-sessiyasi, “Turizm-Fan-Innovatsiya” xalqaro turizm ko`rgazma va ilmiy konferentsiyasi, “Besh qit`a jilosi” xalqaro etnofestival, Milliy hunarmadlar mahsulotlari ko`rgazmasi, Samarqand Ziyorat turizmi salohiyatini namoyon etuvchi “Ziyorat turizm yarmarkasi va ko`rgazmasi”, “Tourism and Technology Summit-2023” sammiti, “Tourism and Society Think Tank” (TSTT) ekspertlar forumi, “Focus on Tourism & Creative Economy” xalqaro kongressi.
Turizm salohiyatini targ`ib etish maqsadida 40 ta xorijiy mamlakatlar OAV vakillari hamda yirik turizm tashkilotlari vakillari uchun info-turlar tashkil etildi.
Xorijiy turistlarni jalb etish maqsadida, viloyat delegatsiyasi Malayziya, Indoneziya, Ispaniya, Isroil, Xitoy, Koreya, Latviya, Polsha, Frantsiya, Yaponiya, Kanada davlatlarida bo`lib o`tgan tadbirlarda ishtirok etib, viloyatning turizm salohiyati taqdimotlari o`tkazildi.
Samarqand shahri bilan Koreyaning Kvandju va Pusan shaharlari, Qozog`istonning Turkiston viloyati bilan Samarqand viloyati o`rtasida birodarlik aloqalari o`rnatilib, turizm sohasida hamkorlikka kelishildi.
Shuningdek, Xitoyning Sian shahri Madaniyat va turizm boshqarmasi bilan Samarqand o`rtasida turizm sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
2024 yilgi vazifa va rejalar:
Xorijiy sayyohlar soni 2,4 mln. nafarga, turizm xizmatlari eksporti 500 mln AQSh dollariga yetkaziladi.
40 dan ortiq Xalqaro va mahalliy turizm festivallari o`tkaziladi, xorijiy va mahalliy OAV vakillari uchun 15 ta info-tur tashkil etiladi.
55 ta yangi joylashtirish vositalari (9 ta mehmonxona, 11 ta xostel va 35 ta oilaviy mehmon uylari) tashkil etilib, ularning soni 655 taga, o`rinlar soni esa 17 500 mingtaga, turoperator soni 326 taga yetkaziladi.
Umumiy qiymati 751,1 mlrd so`mlik 55 ta yangi loyihalar amalga oshirilib, 1 087 ta yangi ish o`rinlari, shuningdek turizmga yondosh xizmat ko`rsatish obektlarida 3,5 mingdan ortiq yangi ish o`rinlari tashkil etiladi.
Jumladan, Nurobod tumani “Oqsoy” mahallasida “Samarkand kanat yo`llari” XK tomonidan 10 gektarda qiymati 13,5 mln dollarlik sayyohlarga xizmat ko`rsatish markazi, uzunligi 1,5 km bo`lgan osma-dor yo`li loyihasi foydalanishga topshiriladi. (200 ta yangi ish o`rini yaratiladi va bir vaqtning o`zida 800 nafar sayyohlarga xizmat ko`rsatiladi).
Samarqand shahrida "Qorako’l Stroy Engineering" MChJ tomonidan qiymati 30 mln.dollarlik mehmonxona (300 o`rinli) va restoran va kafelar hamda savdo va xizmat ko`rsatish nuqtalari foydalanishga topshiriladi. Mehmonxonaga franshiza asosida “Wyndham” brendi jalb etiladi.
Hozirda “Yoshlar turizm haftaligi” o`tkazilmoqda, shuningdek, mart oyida “Yoshlar turizm haftaligi”, iyul oyida “Yoshlar turizm oyligi”, noyabr oyida “Nuroniylar turizm oyligi” tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 fevraldagi 86-son qarori asosida Urgut tumani “Tersak”, “Beshkon”, “Qoratepa”, “Omonqo`ton” “Yettiuylik”, “Chor-chinor”, “Xo`jayduq” mahallalarida 2024-2025 yillarda umumiy qiymati 13,3 mlrd. so`mlik infratuzilma loyihalari amalga oshiriladi.
Sayyohlar ko`p tashrif buyuradigan xorijiy mamlakatlardan Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Germaniya, Frantsiya, Indoneziya va Malayziya kabi mamlakatlarda bo`lib o`tadigan turizm ko`rgazmalari va konferentsiyalarda viloyatning turizm salohiyatini “Samarqand – yangi O`zbekistonning turizm darvozasi” shiori ostida targ`ib etish choralari davom ettiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.