Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tartibga solish, byudjetga tushumlar, obodonlashtirish va sanitariya holati. Ushbu masalalar viloyat hokimligida viloyat rahbari va mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Joriy yilning yanvar oyida rejaga muvofiq 59 ta dehqon bozori va savdo majmualari davlat byudjetiga 6 milliard 700 million so‘m daromad keltirishi kerak edi. Amalda 200 million so‘m kam tushum qayd qilingan. Jumladan, Paxtachi bozori rejani 86 foizga, Payariq tumanidagi “So’zangaron” savdo kompleksi 83 foizga, Pastdarg‘omdagi “Uchqora” dehqon bozori 66 foizga, Samarqand shahridagi "Siyob savdo" savdo kompleksi 9,1 foizga bajarishgan.
Muhokamada sanitariya qoidalariga rioya qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Viloyat hokimligi ishchi guruhi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra, qator ob’yektlarda qonun buzilishi holatlari aniqlangan. Bu bozorlarda veterinariya laboratoriya jihozlari, reaktivlar yetishmasligi, hojatxonalardagi antisanitariya holatlari. Ushbu salbiy holatlar Urgut tumanidagi “Dehqonobod”, Kattaqo’rg’on tumanidagi “Moybuloq”, “Mastura”, “Ashurbobo”, “Tasmachi”, Qo’shrabot tumanidagi “Oqtepasoy” va Nurobod tumanidagi “Nurobod” bozorlarida qayd etilgan.
Samarqand va Kattaqo‘rg‘on shaharlari, Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon, Kattaqo‘rg‘on, Pastdarg‘om, Paxtachi, Payariq, Urgut va Toyloq tumanlaridagi bozorlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayotganligi aniqlangan.
Viloyat hokimi bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi rahbari hamda hudud hokimlaridan ushbu holatlarga izoh so’radi.
Muhokamada shuningdek, davlat roʻyxatidan oʻtmasdan, fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalari va ijara shartnomalarisiz noqonuniy faoliyat yuritish kabi holatlar ham uchrayotganligi bildirib o’tildi.
Viloyat rahbari tadbirkorlar tomonidan qonunbuzilishi holatlariga ularni jarimaga tortmasdan, aksincha, tushuntirish ishlarini olib borish, muammolar yechimiga ko’maklashish zarurligini hamda ushbu jarayonda iste'molchilar ham o’z hissalarini qo’shishlari, ya’ni xarid qilingan mahsulotlar uchun chek talab qilish orqali bozorlar va savdo komplekslarini tartibga olish mumkinligini bildirildi.
Erkinjon Turdimov yakunda mas‘ullarga barcha bozorlarda loy yo’llar, ko‘lmaklar bo‘lmasligi uchun beton yo‘laklarni tashkil etish, bozorlarni toza ichimlik suvi, kerakli miqdordagi chiqindi qutilari bilan ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, sotuvchi va xaridorlar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha muddatlari ko'rsatilgan holda aniq vazifalar yukladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 7
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.