w w w . s a m a r k a n d . u z

“BOMI Engineering” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

“BOMI Engineering” kompaniyasi raisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev Janubiy Koreyaning “BOMI Engineering” kompaniyasi raisi Kim Deok Yong bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda Samarqand viloyatining jadal rivojlanayotgani, aholi soni ortib borayotgani hamda zamonaviy shahar infratuzilmasiga bo‘lgan talab yuqori ekani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan aholi uchun xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy turar-joy majmualarini barpo etish ustuvor vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Uchrashuvda kompaniya tomonidan Samarqand shahrining “Shirin” massivida 1 gektar maydonda zamonaviy turar-joy majmuasini qurish bo‘yicha berilgan taklif muhokama qilindi. Viloyat hokimi ushbu loyihani faqat turar-joy bilan cheklamasdan, yashil hududlar, bolalar maydonchalari, avtoturargohlar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini o‘z ichiga olgan kompleks shaklida amalga oshirishni taklif qildi.
Shuningdek, loyihada energiya tejamkor qurilish texnologiyalari, zamonaviy xavfsizlik tizimlari va raqamli boshqaruv yechimlarini joriy etish, shu bilan birga loyihani amalga oshirish jarayonida yer ajratish, muhandislik kommunikatsiyalari va ruxsat berish masalalari bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar mazkur loyihadan tashqari Samarqand shahrida boshqa turar-joy majmualari, biznes markazlari va aralash development loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 18/06/2026 21:33.   Ko‘rilganligi: 21
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/bomi-engineering-kompaniyasi-raisi-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing