Samarqand viloyati hokimligida 64 nafar faxriy nuroniylar I, II va III darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.
Tantanali tadbirda respublika va viloyat mutasaddilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasi va ijtimoiy faolligini yanada yuksaltirishga davlat darajasida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlashdi.
“Mehnat faxriysi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yilda imzolangan edi. Ushbu ko`krak nishoni mamlakat ijtimoiy-madaniy hayotining turli jabhalarida koʻp yillar davomida halol va samarali mehnat qilgan fuqarolarga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.