w w w . s a m a r k a n d . u z

Bayram arafasida Samarqand tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

Bayram arafasida Samarqand tumanida qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi

Mustaqillik bayrami arafasida Samarqand tumanida bazalt toshidan issiqlik saqlovchi plitalar ishlab chiqarish korxonasi foydalanishga topshirildi.

Korxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda tuman jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
Loyiha qiymati 25 million dollarni tashkil etib, 70 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Hozir kunda butun dunyoda bino va inshootlar innovatsion, yangi turdagi qurilish materiallarini qo‘llash orqali sifatli, har tomonlama qulay, energiya tejamkor tarzda bunyod etilmoqda. Yurtimizda ham bazalt toshi va shisha momig‘idan issiqlik saqlovchi materiallar, energiya tejovchi qurilish mahsulotlaridan foydalanilyapti.
- Bugun Samarqand tumanida yangi ochilgan korxona ham viloyatimizda bino va inshootlarni barpo etishda issiqlik saqlovchi materiallarga bo‘lgan talabni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi,- dedi viloyat rahbari.
Mehmonlar korxonadagi uskunlarni tomosha qilib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni bilan tanishishdi. Zavod to‘liq quvvat bilan ishlasa Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston davlatlariga ham issiqlik saqlovchi qurilish materiallarini eksport qilish rejalashtirilmoqda.

Kiritilgan vaqti: 30/08/2025 20:47.   Ko‘rilganligi: 75
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/bayram-arafasida-samarqand-tumanida-qurilish-materiallari-ishlab-chiqarish-korxonasi-ish-boshladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing