w w w . s a m a r k a n d . u z

Barcha hudud rahbarlari Toshkent viloyatidagi yirik loyihalar bilan tanishmoqda

Barcha hudud rahbarlari Toshkent viloyatidagi yirik loyihalar bilan tanishmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari o‘zaro tajriba almashish hamda Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan yirik investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar bilan yaqindan tanishish maqsadida viloyatda bo‘lib turishibdi.

Safarning dastlabki manzili Chorvoq darvozasi bo‘ldi. Mehmonlar hududda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari, zamonaviy infratuzilma yechimlari hamda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdilar.
Hududning tabiiy imkoniyatlaridan samarali foydalanish, yangi turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish va zamonaviy obyektlarni barpo etish borasidagi tajribalar mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Keyingi manzil Bo‘stonliq tumanidagi zamonaviy rekreatsion maskan — “Ugam River” markazi bo‘ldi.
Tog‘lar bag‘rida, Ugam daryosining shovullab oqayotgan sohilida joylashgan ushbu maskan mehmonlarda iliq taassurot qoldirdi.
Tanishuv davomida markazda yaratilgan qulay sharoitlar, mehmonlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar batafsil ko‘zdan kechirildi.
Dengiz sathidan 950 metr balandlikda joylashgan Ugam River bugungi kunda nafaqat mahalliy aholi, balki mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurayotgan sayyohlar uchun ham jozibador maskanga aylanib bormoqda.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari “Chimyon” turistik majmuasi hududida joylashgan “Za’faron” mehmonxonasi faoliyati bilan tanishib, mehmonlar uchun yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini ko‘zdan kechirdilar.
Tashrif dasturi doirasida hudud rahbarlari Chirchiq shahrida faoliyat yuritayotgan “Chirchiq” kimyo-industrial texnoparki bilan ham tanishadilar.
Ushbu obyektlarda turizm, sanoat va investitsiyalarni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ilg‘or tajribalar o‘rganilishi rejalashtirilgan.

Kiritilgan vaqti: 07/06/2026 21:50.   Ko‘rilganligi: 24
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/barcha-hudud-rahbarlari-toshkent-viloyatidagi-yirik-loyihalar-bilan-tanishmoqda

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing