w w w . s a m a r k a n d . u z

Avstriyalik investor bilan yirik sanoat loyihasi muhokama qilindi

Avstriyalik investor bilan yirik sanoat loyihasi muhokama qilindi

Beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev hamda Avstriyaning “Lasselsberger Group” kompaniyasi bosh direktori Yozef Lasselsberger o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida viloyatning Nurobod tumanida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasining ayni paytdagi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Loyiha doirasida 40 gektar maydonda mikrokalsit, keramogranit va terrazzo plitalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bu hudud sanoatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi.
Ta’kidlanishicha, mazkur tashabbus zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahalliylashtirish darajasini oshirish hamda eksport salohiyatini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatida xorijiy investorlar uchun qulay va barqaror biznes muhitini yaratish ustuvor vazifa ekani qayd etildi. Viloyat rahbari “Lasselsberger Group” tomonidan amalga oshirilayotgan loyiha muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidlab, uning keyingi bosqichlarini amalga oshirishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

Kiritilgan vaqti: 18/06/2026 18:56.   Ko‘rilganligi: 104
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/avstriyalik-investor-bilan-yirik-sanoat-loyihasi-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 4

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing