w w w . s a m a r k a n d . u z

AT xizmatlari eksporti muhokama qilindi

AT xizmatlari eksporti muhokama qilindi

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev WORLD MMM kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda korxonaning xalqaro hamkorlikdagi faoliyati, eksport ko‘rsatkichlari hamda kelgusidagi rejalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda kompaniya ta’sischilari korxona faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Ta’kidlanishicha, “WORLD MMM” IT Park Uzbekistan rezidenti maqomini qo‘lga kiritgan bo‘lib, 2024-yildan boshlab AQSHning Mir Transportation Inc kompaniyasi bilan tuzilgan eksport shartnomasi asosida dispetcherlik xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi qariyb 900 ming AQSH dollarini tashkil etgan. 2026-yilga borib esa xodimlar sonini 100 nafarga yetkazish hamda xizmatlar eksportini 2 million AQSH dollariga oshirish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, kompaniya tomonidan axborot texnologiyalari sohasida yangi loyihalarni amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Viloyat hokimi Adiz Boboyev ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidlab, kompaniyaning kelgusidagi rejalarini amalga oshirish uchun qonun doirasida amaliy yordam ko‘rsatilishini bildirdi.
Ayniqsa, masofadan turib xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida malakali kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilishi zarurligi qayd etildi.
Mazkur uchrashuv Samarqandda AT sohasini rivojlantirish, eksport hajmini oshirish hamda yoshlar bandligini ta’minlashda borasida muhim ahamiyatga ega.

Kiritilgan vaqti: 25/03/2026 09:23.   Ko‘rilganligi: 40
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/at-xizmatlari-eksporti-muhokama-qilindi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing