w w w . s a m a r k a n d . u z

Arxiv ishida sun’iy intellektdan foydalaniladimi?

Arxiv ishida sun’iy intellektdan foydalaniladimi?

Sohaga joriy etilishi rejalashtirilgan shu va boshqa innovatsiyalar ertaga viloyatimizda bo‘lib o‘tadigan MDH davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining

Maslahat kengashi 19-yig‘ilishi hamda “Arxivlar va elektron hujjatlar: davr talablari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada muhokama qilinadi.

Bu haqda viloyat Matbuot uyida Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Unda “O‘zarxiv” agentligi rahbarining o‘rinbosari Sherzod Sodiqov MDH davlatlari arxiv xizmatlari rahbarlarining Maslahat kengashi, nufuzli tadbir va uning o‘tkazilishi tartibi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, mazkur kengash 2004 yil 3 dekabrda arxiv ishi bilan bog‘liq dolzarb masalalarni hamkorlikda ko‘rib chiqish, hujjat almashishdagi muammolarni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan. O‘zbekiston unga 2021 yilda a’zo bo‘lib kirgan. Hozir uning tarkibida Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozoqiston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Ukraina va Qirg‘iz Respublikasi bor.

Ma’lumotga ko‘ra, anjumanlarda arxiv ishiga sun’iy intellektr, raqamlashtirish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, arxiv hujjatlarini OAV orqali e’lon qilib borish tartibi ham muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilinadi.


Oxirgi o‘zgarish: 20/09/2023 09:13.   Ko‘rilganligi: 235
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/arxiv-ishida-suniy-intellektdan-foydalaniladimi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 8

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.