w w w . s a m a r k a n d . u z

AQShning San Francisco shahrida “Samarqand Digital Hub” innovatsion markazi o‘z faoliyatini boshladi.

AQShning San Francisco shahrida “Samarqand Digital Hub” innovatsion markazi o‘z faoliyatini boshladi.

Uning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev ishtirok etib, bu yerda yaratilgan zamonaviy infratuzilma, texnologik imkoniyatlar hamda startaplar uchun taqdim etilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Yangi markaz ish boshlagan ilk kundayoq "Humonola Inc" kompaniyasi bilan startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Mazkur kelishuv yosh o‘zbekistonlik dasturchilar va innovatorlar uchun o‘z g‘oyalarini global miqyosda, xususan, AQSh bozorida ilgari surish imkoniyatlarini kengaytiradi.
“Samarqand Digital Hub” nafaqat IT va startap ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiladi, balki texnologik hamkorlikni mustahkamlashda ham muhim platformaga aylanishi kutilmoqda. Markaz orqali Samarqand viloyatidagi yoshlarning innovatsion salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni xalqaro investorlar va texnologik hamjamiyat bilan bog‘lash maqsad qilingan.
Shu tariqa, yangi markazning ochilishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Kiritilgan vaqti: 15/05/2026 12:22.   Ko‘rilganligi: 22
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/aqshning-san-francisco-shahrida-samarqand-digital-hub-innovatsion-markazi-oz-faoliyatini-boshladi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 11

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing