w w w . s a m a r k a n d . u z

AQShning “Project C.U.R.E.” tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

AQShning “Project C.U.R.E.” tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda AQSh davlat kotibi Marko Rubio ishtirokidagi 

Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi yig‘ilishida qatnashish uchun 200 nafardan ortiq amerikalik tadbirkorlar ham kelishdi. Tadbir doirasida Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev “Project C.U.R.E.” tashkilotining hukumat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik bo‘yicha bosh direktori Ayub Ayubi bilan uchrashdi.

Unda viloyatdagi tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va zarur inventarlar bilan ta’minlash, shuningdek, o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Qayd etilganidek, mazkur tashkilot bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida Samarqand viloyatidagi 10 ta tibbiyot muassasasiga umumiy qiymati 10 million AQSh dollariga teng tibbiy asbob-uskunalar va inventarlarni beg‘araz yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Bugungi kunga qadar viloyatga ushbu yuklarning 6 ta konteyneri olib kelindi.
Uchrashuvda viloyat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida yana 10 mln AQSh dollari miqdoroda grant ajratilishiga kelishib olindi.

Kiritilgan vaqti: 20/10/2026 14:00.   Ko‘rilganligi: 41
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/aqshning-project-cure-tashkiloti-vakillari-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing