w w w . s a m a r k a n d . u z

AQSHning Nyu-York shtatida tashkil etilgan biznes forum doirasida

AQSHning Nyu-York shtatida tashkil etilgan biznes forum doirasida

Samarqand viloyati hokimi Adiz Boboyev boshchiligidagi delegatsiyaning vatandoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Unda AQShda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, logistika habini tashkil etish orqali eksport hajmini ko‘paytirish hamda hududning turizm sohasidagi imkoniyatlari, sayyohlar uchun zamonaviy avtomobillar ijarasini yo‘lga qo‘yish, IT park negizida qo‘shimcha xizmatlarni rivojlantirish evaziga yangi ish o‘rinlari yaratish, AQSh bilan savdo aloqalarini kengaytirish uchun logistika yechimlarini beradigan loyihalarni amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Viloyat rahbari Samarqandda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, infratuzilmaning izchil rivojlanayotgani hamda yangi loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlarga alohida to‘xtaldi. Shuningdek, xorijdagi vatag‘doshlarning bilim va tajribasidan samarali foydalanish, ularni hudud iqtisodiyotiga jalb qilish muhim ekanligi taʼkidlandi.
Muloqotlar davomida ishtirokchilar yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq takliflarini bildirishdi. Tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan galdagi vazifalarni belgilab olishdi.

Kiritilgan vaqti: 18/05/2026 19:19.   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/aqshning-nyu-york-shtatida-tashkil-etilgan-biznes-forum-doirasida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 12

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing