w w w . s a m a r k a n d . u z

AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

AQSH delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev Amerika Qo‘shma Shtatlaridan kelgan delegatsiya bilan ishbilarmonlik uchrashuvi o‘tkazdi.

Delegatsiyaga Illinoys shtati xazinasi nazoratchisi, siyosiy arbob Susana Angelina Mendoza rahbarlik qilmoqda.
Ta’kidlash lozimki, joriy yil aprel oyida Samarqand viloyati hokimligi delegatsiyasi Illinoys shtatiga tashrif buyurib, xalqaro dastur doirasida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan bir qator samarali uchrashuvlarni o‘tkazgan edi.
Amerikalik mehmonlarning bugungi tashrifi esa hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.
Tomonlar bir-birlariga Samarqand viloyati va Illinoys shtati haqida batafsil ma’lumotlar beruvchi taqdimotlarni namoyish etishdi. Ayniqsa, qadimiy Samarqand va zamonaviy Chikago shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari, ikki shaharning o‘zaro manfaatli tajriba almashinuvi uchun katta imkoniyatlar yaratishiga alohida e’tibor qaratildi.
Amerikalik delegatsiya tarkibida Chikagoda ko‘p yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik tadbirkorlar ham bor edi. Ular Samarqandda biznes faoliyatini kengaytirishga qat’iy tayyor ekanliklarini bildirdi. Ustuvor yo‘nalishlar sifatida axborot texnologiyalari, logistika, zamonaviy qurilish va iqtisodiyotning boshqa istiqbolli tarmoqlari qayd etildi.
Adiz Boboyev amerikalik mehmonlarni Samarqand viloyati hokimligi hudud iqtisodiyotini jadal rivojlantirish va O‘zbekiston-Amerika biznes hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan har qanday konstruktiv tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Kiritilgan vaqti: 19/09/2025 14:56.   Ko‘rilganligi: 12
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/aqsh-delegatsiyasi-bilan-uchrashuv-otkazildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing