


Albaniya Respublikasi Prezidenti Bayram Begay Samarqand bilan tanishuvni Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilishdan boshladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan buyuk muhaddis bobomizning Islom olamida tutgan nufuziga mos tarzda yangidan bunyod etilgan majmuaning ulug‘vorligi va bu yerdagi tarbiyaviy-ma’naviy muhit oliy martabali mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, Imom Buxoriy hayoti va faoliyati haqida ma’lumot beruvchi innovasion muzeyni Albaniya yetakchisi hayrat bilan tomosha qildi.

- Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi O‘zbekistonning eng bebaho boyliklaridan biri. Shu bilan birga bu maskan dunyo musulmonlari talpinadigan muqaddas ziyoratgoh. O‘zbekistonga tashrifim davomida menga ham bu qadamjoni ziyorat qilish baxti nasib etganidan xursandman, – dedi Albaniya Prezidenti.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 3
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.