Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining (OIIB) 9-Yillik yig‘ilishida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi.
Bu yilgi tadbir mavzusi: “Barcha uchun barqaror infratuzilmani yaratish”.
Yillik yig‘ilish 2024-yilning 25-26-sentabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
OIIBning asosiy tadbiri bo'lgan Yillik yig'ilish Bank yutuqlarini namoyish qilish va aksiyadorlarning fikr-mulohazalarini eshitish imkonini beradi hamda OIIBga aʼzo mamlakatlardan Bank boshqaruvchilari va delegatlarini, shuningdek, Bank hamkorlari va mijozlarini, biznes liderlarini, fuqarolik jamiyati tashkilotlari va butun dunyo boʻylab ekspertlarni birlashtirgan muloqot platformasi boʻlib xizmat qiladi.
O‘zbekiston OIIBning ta’sischi davlatlaridan biri hisoblanadi. Bankning mamlakatimizdagi umumiy investitsiya portfeli 3 milliard dollardan oshadi. OIIB va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida imzolangan uch yillik investitsiya dasturi doirasida yana 2 milliard dollarlik loyihalar ishlab chiqilmoqda.
Ishtirokchilar, nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari quyidagi havola boʻyicha roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Yillik yig'ilish haqida qo'shimcha ma'lumotlarni aiib.com saytidan yoki annualmeeting@aiib.org elektron pochta manziliga murojaat qilib olish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 3
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.