Bugun viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Abu Dabi madaniyat va turizm Departamenti bosh direktori Salih Muhammad Saleh al-Gazeri boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Muloqot asosan turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, Abu Dabi va Samarqand o’rtasida havo qatnovlarini ko’paytirish yuzasidan bo’ldi.
Uchrashuvda Samarqandning turistik salohiyati, yaratilgan qulay sharoitlar va taqdim etilayotgan imtiyozlar to‘g‘risida ham so’z yuritildi.
Delegatsiya rahbari mamlakatimizda turistik sohani rivojlantirish uchun ulkan salohiyat va barcha shart-sharoitlar mavjudligi va bundan unumli foydalangan holda hamkorlikda ish olib borishni maqsad qilganligini qayd etib o’tdi.
Yakunda ikki tomon uchun manfaatli bo’lgan hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha ish olib borishga kelishildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 9
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.