w w w . s a m a r k a n d . u z

27 mart - Xalqaro teatr kuni

27 mart - Xalqaro teatr kuni

Xalqaro teatr kuni 1961-yil YUNESKO huzuridagi Xalqaro teatr instituti tomonidan Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan IX kongressda taʼsis etilgan.

Teatr deganda, avvalambor, sanʼatning katta bir turini tushunamiz. Shu bilan birga teatr - bu tomosha, spektaklning oʻzi. Tomosha koʻrsatiladigan joy, spektakl qoʻyiladigan bino hamdir. Hech bir sanʼat teatr oʻrnini bosolmaydi. Chunki teatrda tomoshabin bir guruh isteʼdodli kishilar bilan birvarakayiga jonli muloqotda boʻladi.

Hozirgi kunda jahonning 100 dan ziyod mamlakatida 27-mart kuni teatr sanʼati xodimlarining kasb bayrami sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Buyuk maʼrifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiy aytganlaridek, teatr haqiqatan ham ibratxona, qutlugʻ tarbiya va maʼrifat maskanidir.


Oxirgi o‘zgarish: 27/03/2023 08:41.   Ko‘rilganligi: 261
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/27-mart-xalqaro-teatr-kuni

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.