w w w . s a m a r k a n d . u z

18-oktabr — Samarqand shahri kuni

18-oktabr — Samarqand shahri kuni

1996-yilning 18-oktabr kuni sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyida Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va 18-oktabr Samarqand shahar kuni deb belgilangan edi.

Shundan buyon ushbu kun viloyatda keng nishonlanib kelinadi.

Olamga yuz tutgan, kelajakka bo’y cho’zgan Samarqand bugun ham bayram og’ushida.

Bugun erta tongdan bayram tadbirlari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi. O’tgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bag’ishlab Qur’on tilovat qilindi.

Shundan soʻng, viloyat va shahar hokimliklari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qoʻyildi.

Sana munosabati bilan bayram tadbirlari Samarqand shahrining barcha go’shalarida davom etmoqda.


Oxirgi o‘zgarish: 18/10/2024 09:09.   Ko‘rilganligi: 129
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/18-oktabr-samarqand-shahri-kuni698

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 0
Mehmonlar: 14

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.