1996-yilning 18-oktabr kuni sohibqiron Amir Temurning 660 yillik yubileyida Samarqand shahri “Amir Temur” ordeni bilan taqdirlangan va 18-oktabr Samarqand shahar kuni deb belgilangan edi.
Shundan buyon ushbu kun viloyatda keng nishonlanib kelinadi.
Olamga yuz tutgan, kelajakka bo’y cho’zgan Samarqand bugun ham bayram og’ushida.
Bugun erta tongdan bayram tadbirlari Sohibqiron Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish bilan boshlandi. O’tgan buyuk ajdodlarimiz ruhiga bag’ishlab Qur’on tilovat qilindi.
Shundan soʻng, viloyat va shahar hokimliklari, harbiylar, huquq-tartibot idoralari hamda keng jamoatchilik vakillari tomonidan Sohibqiron Amir Temur haykali poyiga gul qoʻyildi.
Sana munosabati bilan bayram tadbirlari Samarqand shahrining barcha go’shalarida davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 5
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.