w w w . s a m a r k a n d . u z

103 yoshli onaxonga “Shuhrat” medali topshirildi

103 yoshli onaxonga “Shuhrat” medali topshirildi

Davlatimiz rahbarining
"O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan
davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga asosan bir guruh 100 yoshdan oshganlar “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Ular orasida Narpay tumani “Tepaqo‘rg‘on” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Xaticha Gadanova ham bor.
Onaxon ko‘p yillar davomida qishloq xo‘jaligida ishladi. Umri davomida farzandlariga halol mehnat qilishni o‘rgatdi.
Bayram arafasida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev onaxon xonadonida bo‘lib, mamlakatimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan qutladi va “Shuhrat” medalini topshirdi. Shuningdek, onaxonga sovg‘alar berildi.
O‘z navbatida onaxon keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor hamda g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, dasturxonimiz to‘kin, farzandlarimiz baxtli bo‘lishini tiladi.

Kiritilgan vaqti: 28/08/2025 14:19.   Ko‘rilganligi: 33
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/news/103-yoshli-onaxonga-shuhrat-medali-topshirildi

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 1
Mehmonlar: 2

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing