w w w . s a m a r k a n d . u z

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

Har bir xalqning bu dunyoda borligini tili, qadriyatlari va davlat ramzlari bildirib tursa, yashash, ishlash, munosib dam olish huquqlarini Konstitutsiya qonun bilan mustahkamlab, asoslab beradi.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zbek davlatchiligi tajribalari asosida insonparvarlik tamoyillari, demokratiya va ijtimoiy adolat, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan qoidalari, demokratik huquqiy davlat barpo etish maqsadini ifodalashi bilan alohida ajralib turadi.

Ko‘p millatli yurtimizda barcha teng huquqliligini har sohada mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning turmush tarzidan ham bilsa bo‘ladi.

Tashkilotlarda, milliy madaniyat markazlarida turli millat vakillari faoliyat olib boradi. Ular o‘z tillarida so‘zlashishadi, bilim olishadi, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etishadi. E’tiqod erkinligiga aslo daxl qilinmaydi. Buni hayotbaxsh Konstitutsiyamizning “qalblarga manzur jilosi” deb tushunsa bo’ladi.

Barchangizni Konstitutsiya kuni bilan qutlaymiz!


Oxirgi o‘zgarish: 08/01/2025 19:38.   Ko‘rilganligi: 189
 
Material manzili: https://samarkand.uz/press/events/8-dekabr-ozbekiston-respublikasi-konstitutsiyasi-qabul-qilingan-kun

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 13

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing