.
O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1326-son qaroriga muvofiq viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining 2024-yil 8-yanvardagi (4-son) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 11-yanvardagi (02/01-38/52-son) va viloyat Soliq boshqarmasining 2024-yil 24-yanvardagi (20/5-607-son) xulosalari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibyat mudiri R.Maxqulovning 2024-yil 23-yanvardagi (45/01-30-son) bildirgisiga asoslanib;
QAROR QILAMAN:
Bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari 1-ilovaga;
Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari 2-ilovaga;
Bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda og‘ir va katta o‘lchamdagi qurilish materiallarini sotish uchun to‘lovlarning miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
viloyatdagi Bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda to‘liq undirilishini;
ushbu qarorning 1-bandida tasdiqlangan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati miqdorlarini viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari, sotuvchi va xaridorlar e’tiboriga yetkazilishini, bu haqdagi ma’lumotlarni barcha ko‘rinarli joylarga joylashtirilishi hamda amalda tatbiq etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishini;
ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati uchun to‘lovlarning holati bo‘yicha monitoring kuzatuvi yuritish va natijalari yuzasidan viloyat hokimligiga aniq takliflar kiritib borilishini;
ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning yangi miqdorlarini to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda to‘liq undirilishi va bozorlar daromadlarining belgilangan qismini mahalliy byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlash topshirilsin.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Samarqand shahri, 2024-yil 19-fevral 46-7-0-Q/24
Qarorni yuklab olish (PDF 276 KB)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat hukumati portali
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi
O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi onlayn bazasi
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya bo‘yicha davlat inspeksiyasi
Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9
Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.