w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida

Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-1326-son qaroriga muvofiq viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining 2024-yil 8-yanvardagi (4-son) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2024-yil 11-yanvardagi (02/01-38/52-son) va viloyat Soliq boshqarmasining 2024-yil 24-yanvardagi (20/5-607-son) xulosalari hamda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari kotibyat mudiri R.Maxqulovning 2024-yil 23-yanvardagi (45/01-30-son) bildirgisiga asoslanib;

QAROR   QILAMAN:

  1. Quyidagilar:

Bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar miqdorlari 1-ilovaga;

Bozorlar va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan bino, inshootlar va inventarlarni ijaraga berish va ko‘rsatiladigan majburiy xizmatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning miqdorlari 2-ilovaga;

Bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan maxsus ajratilgan joylarda og‘ir va katta o‘lchamdagi qurilish materiallarini sotish uchun to‘lovlarning miqdorlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Viloyat Soliq boshqarmasi (S.Eshmatov), viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasi (A.Rajabov)ga:

viloyatdagi Bozorlar va savdo komplekslaridan tushadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatini belgilangan tartibda to‘liq undirilishini;

ushbu qarorning 1-bandida tasdiqlangan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovi va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati miqdorlarini viloyatdagi barcha bozorlar va savdo komplekslari, sotuvchi va xaridorlar e’tiboriga yetkazilishini, bu haqdagi ma’lumotlarni barcha ko‘rinarli joylarga joylashtirilishi hamda amalda tatbiq etilishi ustidan nazorat o‘rnatilishini;

ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati uchun to‘lovlarning holati bo‘yicha monitoring kuzatuvi yuritish va natijalari yuzasidan viloyat hokimligiga aniq takliflar kiritib borilishini;

ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning yangi miqdorlarini to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda to‘liq undirilishi va bozorlar daromadlarining belgilangan qismini mahalliy byudjetga o‘z vaqtida o‘tkazilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini ta’minlash topshirilsin.

  1. Viloyat hokimining 2023-yil 23-fevraldagi “Viloyatdagi bozor va savdo komplekslarining ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini belgilash to‘g‘risida” 61-7-0-Q/23-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. Viloyat hokimligi axborot xizmati matbuot kotibi (M.Mirzayev), Viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” (N.Norbekov) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida chop etilishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlansin.
  3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilishviloyat hokimining birinchi o‘rinbosari F.Abilov zimmasiga yuklatilsin.
  4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Viloyat hokimi                                       E.Turdimov

Samarqand  shahri, 2024-yil 19-fevral 46-7-0-Q/24

Qarorni yuklab olish (PDF 276 KB)


Oxirgi o‘zgarish: 20/02/2024 11:32.   Ko‘rilganligi: 199
 
Material manzili: https://samarkand.uz/viloyatdagi-bozorlar-va-savdo-komplekslari-mamuriyati-tomonidan-undirib-olinadigan-bir-martalik-yigimlar-ijara-tolovlari-va-korsatiladigan-xizmatlar-qiymati-miqdorlarini-tasdiqlash-togrisida

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 9

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.