w w w . s a m a r k a n d . u z

Viloyat hokimining 2025-yil 22- fevraldagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 55-7-0-Q/25-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

Viloyat hokimining 2025-yil 22- fevraldagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 55-7-0-Q/25-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

.

Viloyat Bozorlar va savdo komplekslari uyushmasining 2025-yil 20-avgustdagi (217-son) murojaati, viloyat Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining 2025-yil 20-avgustdagi (02/02-32/428-son), viloya soliq boshqarmasining 2025 yil 24 sentyabrdagi (20-145627-son) xulosalari hamda viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari Sh.Buranovning 2025-yil 29-avgustdagi (488/01-30-son) bildirgisiga asoslanib,

QAROR QILAMAN:

  1. Viloyat hokimining 2025-yil 22-fevraldagi “Viloyatdagi bozorlar va savdo komplekslari ma’muriyati tomonidan undirib olinadigan bir martalik yig‘imlar, ijara to‘lovlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 55-7-0-Q/25-son qaroriga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
  2. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari, matbuot kotibi (M.Ixtiyarov), viloyat hokimligi huzuridagi “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DM (N.Norbekov) ushbu qarorni ommaviy axborot vositalarida chop etilishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
  3. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Buranov zimmasiga yuklatilsin.
  4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Viloyat hokimi v.b.                                                                          A. Boboyev

Samarqand  shahri, 2025-yil 8-oktabr 341-7-0-Q/25

Qarorni yuklab olish (PDF 570 KB)


Kiritilgan vaqti: 14/10/2025 11:58.   Ko‘rilganligi: 7
 
Material manzili: https://samarkand.uz/viloyat-hokimining-2025-yil-22-fevraldagi-viloyatdagi-bozorlar-va-savdo-komplekslari-mamuriyati-tomonidan-undirib-olinadigan-bir-martalik-yigimlar-ijara-tolovlari-va-korsatiladigan-xizmatlar-qiymati-miqdorlarini-tasdiqlash-togrisida-55-7-0-q-25-son-qarori

 

So‘rovnoma


Xabarlarga obuna bo‘lish


Statistika


Hozir onlayn
Ro‘yxatdan o‘tganlar: 2
Mehmonlar: 7

Harakatlar strategiyasi 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. . Sayt materiallaridan foydalanganda www.samarkand.uz manba sifatida ko‘rsatilishi shart.

 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing