Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda

Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilmoqda

.

Hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ayniqsa, xotin-qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar xalqimiz tomonidan
qo‘llab-quvvatlanmoqda. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan isloh etishga qaratilgan 300 ga yaqin qonun, 4 mingdan ziyod O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari qabul qilindi. Xotin-qizlarni jamiyatda o‘rnini oshirish, gender tenglikni yaratish bo‘yicha 2019-yilning 2-sentabrida
“Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida” va “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi.

2023-yil 11-aprel kuni hozirgi kunda dunyo miqiyosida eng dolzarb muammoga aylangan xotin-qizlar bolalar huquqlarini himoya qiluvchi  
“Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ 829-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Butun jahon eng dolzarb mavzusiga aylanishga ulgurgan  xotin-qizlar va voyaga yetmagan bolalar oilaviy  tazyiq va zo‘ravonlikka uchrashlari muammolari  Yevropa mamlakatlarida xotin-qizlar va voyaga yetmagan bolalarni oilaviy tazyiqlardan himoya qilish bo‘yicha qonunni qayta ko‘rib chiqilishiga sabab bo‘ldi. Women's Aid tashkiloti tomonidan  2014-yilda olib borilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra 510 nafar taziyqlar va zo‘ravonliklarga duchor bo‘lgan va huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan ayollardan 48.2% ikki va undan ortiq yil davomida, 9.4% ayolllar 10 yildan ortiq vaqt mobaynida, 32.3% ayollar 1 yil davomida oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari bo‘lib kelgan. 2019-2020-yillarda Umumjahon pandemiyasi davrida e’lon qilingan karantin qoidalari Yevropa mamlakatlarida oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari ko‘payishiga olib keldi. Bu haqida BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish “Dunyo bo‘ylab oilaviy zo‘ravonlik o‘sishi” deb takidladi.

Yevropa mamlakatlaridan birinchilar qatorida Angliya mamlakati Oilaviy zo‘ravonlikka qarshi Qonunni 1997-yilda qabul qilgan bo‘lsa, Fransiya davlatida 1789-yildan jinoyat qonunchiligida oilaviy zo‘ravonlik, ya’ni shaxsga nisbatan qarindoshlari tomonidan jinoyat sodir etish yuzasidan alohida normalar mavjud bo‘lgan.

Mamlatimizda ham Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.  Jumladan,

  1. Oilaviy (mayishiy) zo‘ravonlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi. Unga ko‘ra xotiniga (eriga), sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga, umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga o‘z huquqlarini amalga oshirishida to‘sqinlik qilish, shaxsiy narsalariga qasddan shikast yetkazish, sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlash, qo‘rqitish, yaqin qarindoshlaridan ajratib qo‘yish, do‘pposlash holatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy javobgarlikka, oilaviy zo‘ravonlik og‘irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa va u jiddiy oqibatlarni keltirib chiqarsa, jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi.
  2. Shilqimlik qilish uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Shaxsga nomaqbul hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega harakatlarni sodir etish ma’muriy javobgarlikka tortilishiga sabab bo‘ladi. Shu kungacha shilqimlik qilganlik uchun qonun hujjatlarida biror bir norma mavjud emas edi. Bu norma qabul qilinishi bilan xotin qizlarni sha’ni va qadr qimmatini davlat tomonidan himoya qilinishi yana bir bor ko‘rsatilib o‘tildi.
  3. Aliment to‘lamagan shaxsga nisbatan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish jazosi kiritildi va majburiy jamoat ishlariga jalb etilgan ish haqining teng yarmi alimentga ushlab qolinishi belgilandi.
  4. Voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi. Unga ko‘ra voyaga yetmaganlarga nisbatan ma’lum jinoyatlarni sodir etganlar jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmaydi. Hatto, mazkur jinoyatlar jinoyatga tayyorganlik yoki suiqasd bosqichida to‘xtatilganda ham jazo tayinlashda yengillik berilmaydi. Oldingi tartibga ko‘ra ular jazoning yarmini o‘tagach, yengilrog‘iga almashtirilishi yoki jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinishi mumkin edi.
  5. Ayol kishini “abort” qilishga majburlaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
  6. Nomusga tegish va jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish uchun jazo kuchaytirildi. Mazkur jinoyatlar uchun ilgari 3 yildan
    7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish nazarda tutilgan bo‘lsa, endilikda 5 yildan
    8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilandi. Shuningdek, mazkur jinoyatlar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, sobiq xotiniga (eriga), bir ro‘zg‘orda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega shaxsga, jabrlanuvchiga qarab turish yuklatilgan muassasa xodimi tomonidan sodir etilsa, og‘irlashtiruvchi holat deb topiladi va jazo ko‘proq tayinlanadi (eng ko‘pi 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish). Avval mazkur tartiblar mavjud boʻlmagan.

Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi. Voyaga yetmaganlar orasida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilinganda xorijga chiqib ketgan ota-onalarning farzandlari tomonidan 2019-yilda jami 7 ta, 2020-yilda 22 ta, 2021-yilda 29 ta jinoyat sodir etilganliklari aniqlangan.

  1. Endilikda jinsiy jinoyat sodir etgan shaxslarning ta’lim-tarbiya tashkilotlarida ishlashi taqiqlandi, ilgari mazkur cheklovlar mavjud bo‘lmagan.
  2. Ota-ona yashash joyidan chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlashi shart bo‘lgan muddat
    6 oydan 3 oyga qisqartirildi,
    ya’ni ota-ona 3 oydan ko‘p chet elga ketsa, bolasiga vasiy yoki homiy tayinlashi kerak, aks holda ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
  3. “Himoya orderi” muddati 1 yilgacha uzaytirilishi mumkinligi belgilandi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi shaxs va unga tazyiq o‘tkazgan va zo‘ravonlik qilgan shaxs bir joyda ishlasa yoki o‘qisa, ichki ishlar organi mansabdor shaxsi ularning o‘rtasidagi bevosita aloqani taqiqlash bo‘yicha tashkilotga taqdimnoma kiritadi va tashkilot rahbari taqdimnoma ijrosini ta’minlaydi. Himoya orderi muddati sud tomonidan 1 yilgacha uzaytirilishi mumkin.

Shu o‘rinda aytib o‘tish lozimki, mamlakatimizda ham zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilish markazlar tashkil etilgan. Ushbu markazlarga zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hamda o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar joylashtiriladi.

 Markazlar tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga suiqasd qilgan yoki o‘z joniga qasd qilishga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlarga anonim tarzda shoshilinch tibbiy, psixologik, ijtimoiy, pedagogik, huquqiy yordam ko‘rsatish, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shu jumladan, oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlar huquqlarining kafolatlarini ta’minlashga ko‘maklashish, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan, shuningdek, oilaviy muammolar va turmushida zo‘rlik ishlatilishiga duch kelgan xotin-qizlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish kabilar yordamlar ko‘rsatiladi.  

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qonunning hayotga tadbiq etilishi, kelgusida
xotin-qizlar, bolalar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilinishini ta’minlanishiga xizmat qiladi. 

Samarqand viloyat hokimligi yuridik hizmati boshlig‘i

 Normatova Nuriya


Киритилган вақти: 27/06/2023 10:55.   Кўрилганлиги: 573
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/xotin-qizlar-va-bolalar-huquqlari-erkinliklari-hamda-qonuniy-manfaatlarini-ishonchli-himoya-qilish-tizimi-yanada-takomillashtirilmoqda

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 1
Меҳмонлар: 14

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.