.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 102-sonli (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-yil, 15-son, 186-modda) qarorining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (2022-yil 30-dekabrdagi 01/26-19/1122-son), Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining (2022-yil 30-dekabrdagi 02-24/10-5709-son) hamda Moliya vaziriligining (2022-yil 30-dekabrdagi 02/04-32/15-son) qo‘shma xatini inobatga olib,
QAROR QILAMAN:
1. Quyidagilar:
Samarqand viloyatida 2023-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalari 1-ilovaga;
Ijara to‘lovi stavkalariga qo‘llaniladigan koeffitsientlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i (Y.Farhodov)ga:
davlat mulkini ijaraga berishni tashkil etish va ijaraga berish;
ijaraga berilgan davlat mulkini va uni ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larni hisobga olish va monitoringini olib borish;
ijaraga beriladigan davlat mulki bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
ijara obyektlaridan maqsadli foydalanilishini va ularning saqlanishini, shuningdek ijara to‘lovi o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini nazorat qilish;
foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni va ijaraga berilayotgan davlat mulklari ro‘yxatlarini davriy nashrlarda hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat aktivlarini boshqarish agentligi viloyat hududiy boshqarmasi va Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmalarining veb-saytlarida joylashtirilishini ta’minlash topshirilsin.
3. Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining viloyat hududiy boshqarmasi boshlig‘i (Y.Farhodov), viloyat Davlat soliq boshqarmasi (A.Inagamov), shahar va tuman hokimliklari hududlarda ijara munosabatlarini tartibga solish, ijaraga berilayotgan davlat mulki hisobotini to‘g‘ri yuritish va budjetga qo‘shimcha mablag‘larni jalb qilish maqsadida davlat mulkini balansda saqlovchilari tomonidan ijaraga berish samaradorligini oshirish va tashkillashtirishda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin.
4. Viloyat hududida 2023-yilda davlat mulki bo‘lgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara to‘lovining “nol” stavkasi belgilansin.
5. Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari – matbuot kotibi (M.Mirzayev) mazkur qarorni “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalarida e’lon qilinishini hamda viloyat hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini ta’minlasin.
6. Viloyat hokimining 2022-yil 16-fevraldagi “Samarqand viloyatida 2022-yilda davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 74-7-0-Q/22-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari v.v.b. F.Abilov zimmasiga yuklatilsin.
8. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Viloyat hokimi E.Turdimov
Samarqand shahri, 2023-yil 31-yanvar 38-7-0-Q/23
Qarorni yuklab olish (PDF 316 KB)
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 1
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.