Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Samarqand shahar jamoat transportida tarif tizimini takomillashtirish to‘g‘risida

Samarqand shahar jamoat transportida tarif tizimini takomillashtirish to‘g‘risida

.

O‘zbekiston Respublikasining “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunining 5, 16-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlash hamda Samarqand shahri jamoat transportida yo‘lkira haqini to‘lashda transport kartalaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar qamrovini oshirish va tabaqalashgan tariflarni joriy etish orqali shahar yo‘lovchi transporti korxonalari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida

Q A R O R   Q I L A M A N:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-59-sonli qarori bilan:

jamoat transportidan foydalanishda yo‘lovchilar uchun qulay tariflarni joriy etish hamda elektron to‘lovlarni ommalashtirish maqsadida bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli va bepul tariflar qo‘llash, yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan foydalanishda, uning turidan qat’iy nazar, kunlik, bir, uch va olti oylik, yillik cheklangan va cheklanmagan tarif rejalarini joriy etish, yo‘nalishlarda yo‘lkira haqini to‘lashda elektron to‘lov tizimidan foydalanishni rag‘batlantiruvchi tariflarni belgilash;

vaqtga bog‘langan soatlik, kunlik, uch-olti oylik va yillik limitsiz tariflar rejasini ishlab chiqish, yo‘nalishlarda yo‘lkira uchun naqd pulda to‘lovlar bo‘yicha tariflarni qayta ko‘rib chiqish va ularni elektron to‘lov tarifiga nisbatan 30 foizga yuqori etib belgilash hamda tariflarni kelishish va Samarqand viloyati hokimining qarori bilan tasdiqlash belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Samarqand shahri jamoat transporti uchun to‘lovlarda shaffoflikni ta’minlash, yo‘l kira haqini to‘lashda elektron to‘lov turlaridan foydalanishni rag‘batlantirish hamda avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini rivojlantirish maqsadida yo‘lkira haqi to‘lovi naqd pulsiz usulda amalga oshirilgan hollarda, o‘rnatilgan cheklangan tarifga nisbatan 30 foiz miqdorida ustama qo‘llash hamda tarif rejalarining narxlarini qatnovlar soniga bog‘lash tizimi joriy etilsin.

Bunda:

Samarqand shahri hududida shahar yo‘lovchi transporti – avtobus, elektrobus va tramvaylarda qatnovlarni amalga oshirish uchun cheklangan tariflar miqdori:

  1. a) bir yo‘lovchi uchun qatnov naqd pul va bank kartalari orqali amalga oshirilganda cheklangan tarif miqdori - 2 000 (ikki ming) so‘m;
  2. b) bir yo‘lovchi uchun qatnov transport kartalari orqali amalga oshirilganda 1 martalik cheklangan tarif miqdori - 1 600 (bir ming olti yuz) so‘m etib belgilansin.
  3. Quyidagilar:

qatnovlar soniga bog‘liq holda jamoat transportida transport kartalari orqali to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha tariflar miqdori 1-ilovaga;

elektron to‘lov tizimlari (transport kartalari)dan foydalanilgan holda bir soat ichida bir yo‘nalishli yo‘lovchi transportidan boshqasiga o‘tish sonidan kelib chiqqan holda imtiyozli tariflar miqdori 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. Samarqand shahar hokimligi (F.Umarov), viloyat Transport boshqarmasi (A.Ashurov) tegishli tashkilotlar bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari, jamoatchilik vakillari va ekspertlarni jalb qilgan holda:
  2. a) aholi orasida:

yangi tashkil etiladigan jamoat transporti yo‘nalishlarining afzalligi, qulayligi, tezkorligi hamda muntazamligi;

jamoat transportida elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishning hamda tabaqalashtirilgan tariflarning afzalliklari va qulayliklari keng yoritilishini ta’minlansin;

  1. b) tadbirkorlik subyektlari orasida “bosib o‘tilgan yo‘l” va “sifat” mezonlari bo‘yicha bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqqan holda jamoat transporti faoliyatini moliyalashtirishning yangi tizimi jozibadorligi va kafolatlangan biznesga aylanayotganligi yuzasidan brifinglar o‘tkazsin.
  2. Viloyat hokimining o‘rinbosari (A.Shukurov), viloyat Transport boshqarmasi (A.Ashurov), Samarqand shahar hokimligi (F.Umarov):

Samarqand shahri jamoat transportida elektron to‘lov tizimi keng joriy etilishini inobatga olgan holda aholini yetarli miqdorda transport kartalari bilan ta’minlanishi;

shahar hududida transport kartalarini sotish shoxobchalarini tashkil etilishi yuzasidan zaruriy chorlar ko‘rsin.

  1. Viloyat Transport boshqarmasi (A.Ashurov) mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, o‘n kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq yo‘lovchilarni tashuvchi tegishli tashkilot va korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilishini ta’minlasin.
  2. Viloyat hokimining 2019-yil 21-sentabrdagi “Samarqand shahar yo‘lovchi tashish transportida yo‘lovchi tashish tariflarini belgilash to‘g‘risida” 258-Q-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  3. Viloyat televedeniyesi (M.Ixtiyorov), “Zarafshon” va “Самаркандский вестник” gazetalari birlashgan tahririyati (F.Toshev)ga ushbu qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish tavsiya etilsin.
  4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
  5. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining o‘rinbosari A.Shukurov zimmasiga yuklatilsin.

Viloyat hokimi                                                                                         E.Turdimov

Samarqand  shahri, 2023 - yil 6 - sentabr   246-7-0-Q/23

Qarorni yuklab olish (PDF 249 KB)


Киритилган вақти: 07/09/2023 09:53.   Кўрилганлиги: 447
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/samarqand-shahar-jamoat-transportida-tarif-tizimini-takomillashtirish-togrisida

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 6

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.