Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari hisoblanadi:
· madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakilangan yuksak manaviyatini, xalq an’analarini va urf-odatlarini, har tamonlama rivojlantirish, manaviy jixatdan boy uyg’un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
· milliy istiqlol g’oyasidan, O’zbekiston xalqining madaniy va manaviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholisi o’rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik extiyojlarini yanada to’laroq qondirish;
· teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, sirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning g’oyaviy-badiiy va manaviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin saxifalarini va uning xozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama ko’maklashish;
· madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g’oyaviy mazmun bilan boyitilishini taminlash, viloyatning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish ijodkor yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning o’z talаnt va istedodlarini to’la namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
· turar joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda davlat va jamoat tashkilotlari, o’quv yurtlari mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish va ularga ko’maklashish;
· viloyatlararo madaniy аloqalarini kengaytirish va mustaxkamlash, konferentsiyalar, ko’rgazmalar o’tkazish, madaniyat, san’at sohasiga horijiy investitsiyalar va grantlarni homiylarni jalb etish ishlarini tashkil qilish;
· madaniy-ma’rifiy muassasalar ob’ektlari va inshootlarini moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda mustaxkamlash ularda eng yuqori darajada to’liq va samarali foydalanishini ta’minlash;
· madaniyat soxasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayorlashni tashkil qilish, viloyat madaniy-ma’rifiy muassasalarini, o’quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash jaroyonlarida ishtirok etish;
· professional xalq va xavaskorlik ijodiyotini, ommabop madaniy-ma’rifiy dasturlarni keng targ’ib qilish.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 1
Меҳмонлар: 13
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.