Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Маданият бошқармасининг вазифалари ва функциялари

Маданият бошқармасининг вазифалари ва функциялари

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari va faoliyati yo’nalishlari hisoblanadi: 

· madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, xalqning boy madaniy merosini qayta tiklash, asrlar davomida shakilangan yuksak manaviyatini, xalq an’analarini va urf-odatlarini, har tamonlama rivojlantirish, manaviy jixatdan boy uyg’un kamol topgan shaxslarni tarbiyalash bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

· milliy istiqlol g’oyasidan, O’zbekiston xalqining madaniy va manaviy-axloqiy an’analaridan kelib chiqqan holda aholisi o’rtasida madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, odamlarning madaniy va estetik extiyojlarini yanada to’laroq qondirish;

· teatr, musiqa, xoreografiya, tasviriy san’at, sirk, xalq amaliy va estrada san’atini yanada rivojlantirish, ularning g’oyaviy-badiiy va manaviy saviyasini oshirish, xalq tarixining eng yorqin saxifalarini va uning xozirgi hayotini, mamlakatning erkin demokratik taraqqiyotini yoritib beradigan asarlar yaratishda ijodiy jamoalarga har tomonlama ko’maklashish;

· madaniy-ommaviy va bayram tadbirlarining chuqur g’oyaviy mazmun bilan boyitilishini taminlash, viloyatning ijodiy uyushmalari va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikni yo’lga qo’yish ijodkor yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularning o’z talаnt va istedodlarini to’la namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

· turar joylar va mahallalarda madaniy-ma’rifiy faoliyatni, aholini madaniy va jismoniy jihatdan tarbiyalashni tashkil qilishda davlat va jamoat tashkilotlari, o’quv yurtlari mahalliy hokimiyat organlari bilan hamkorlik qilish va ularga ko’maklashish;

· viloyatlararo madaniy аloqalarini kengaytirish va mustaxkamlash, konferentsiyalar, ko’rgazmalar o’tkazish, madaniyat, san’at sohasiga horijiy investitsiyalar va grantlarni homiylarni jalb etish ishlarini tashkil qilish;

· madaniy-ma’rifiy muassasalar ob’ektlari va inshootlarini moddiy texnika bazasini rivojlantirish hamda mustaxkamlash ularda eng yuqori darajada to’liq va samarali foydalanishini ta’minlash;

· madaniyat soxasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayorlashni tashkil qilish, viloyat madaniy-ma’rifiy muassasalarini, o’quv yurtlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash jaroyonlarida ishtirok etish;

· professional xalq va xavaskorlik ijodiyotini, ommabop madaniy-ma’rifiy dasturlarni keng targ’ib qilish.


Охирги ўзгариш: 20/12/2017 11:40.   Кўрилганлиги: 2549
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/regional_government/tasks_and_duties_of_departments/madaniyat-va-sport-ishlari-boshqarmasining-vazifalari-va-funktsiyalari

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 1
Меҳмонлар: 3

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.