Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi davlat boshqaruv organi sifatida mahalliy byudjetning g‘azna ijrosini amalga oshirish Respublika byudjetida turuvchi byudjetdan mablag‘ oluvchilarga xizmat ko‘rsatishni, byudjetning g‘azna ijrosi jarayonida dastlabki va joriy nazoratni amalga oshirishni, hamda qonunchilikka muvofiq boshqa funktsiyalarni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ hisoblanadi. Davlat byudjeti g‘azna ijrosining asosiy printsiplari kassaning yagonaligi hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etishning yagonaligidan iborat.
Asosiy vazifalari
Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi hamda uning tumanlar (shaharlar) bo‘linmalari o‘z vazifalarini O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi Qonunga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi "Davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 20-martdagi 53-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Moliya vazirligining G‘aznachiligi to‘g‘risida Nizom”ga va Samarqand viloyati bo‘yicha G‘aznachilik boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 9
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.