Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 80-sessiyasi 30 yanvar kuni o‘tkaziladi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 80-sessiyasi 30 yanvar kuni o‘tkaziladi

Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov bugun, 24 yanvarda "Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, saksoninchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida"gi qarorida belgiladi.

Unga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, saksoninchi sessiyasi 2023 yil 30 yanvar kuni soat 11:30 da chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022 yil 29 dekabrdagi «Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir!» mavzusida o‘qituvchi-murabbiylar bilan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan xalq deputatlari viloyat Kengashining viloyat faollariga murojaati to‘g‘risida;

viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashining 2023 yil II yarim yillikka mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining  deputatlik odobi qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

Samarqand viloyatida 2023 yilda yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda ko‘chmas mulkning mutlaq qiymatiga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi koeffitsentlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyat sektor rahbarlarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish bo‘yicha «Yo‘l xarita»larini tasdiqlash to‘g‘risida;
- 2022 yil IV chorak yakunlari bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlarining faoliyati samaradorligi natijalarini baholash to‘g‘risida;

- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
- viloyatda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha 2023 yil uchun kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyatda aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini bartaraf etish bilan bog‘liq vazifalarni o‘z vaqtida ijrosini ta’minlash hamda muammolarni bartaraf etish yuzasidan «Yo‘l xaritasi»ni tasdiqlash to‘g‘risida. 


Киритилган вақти: 24/01/2023 21:50.   Кўрилганлиги: 207
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/xalq-deputatlari-samarqand-viloyati-kengashining-80-sessiyasi-30-yanvar-kuni-otkaziladi

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 6

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.