Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

​SamDTU yosh tadqiqotchilari Education University of Hong Kongda ilmiy izlanishlar olib borishadi

​SamDTU yosh tadqiqotchilari Education University of Hong Kongda ilmiy izlanishlar olib borishadi

2023-yil 28-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Education University of Hong Kong Ijtimoiy tadqiqotlar kafedrasi professori Sing Kai Lo boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi.

Janob Sing Kai Lo mazkur universitet vitse-prezidenti xalqaro hamkorlik boʻyicha yordamchisi, Analytics\Assessment tadqiqot markazi direktori hamda Maxsus taʼlim ehtiyojlari va inklyuziv taʼlim markazi direktori lavozimlarida ham faoliyat olib boradi.

Mehmonlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashib muzokaralar olib bordilar. Mazkur uchrashuvda SamDTU Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektori Zafar Aminov ham ishtirok etdi.

Muzokoralarda SamDTUning ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan 6 nafar yosh oʻqituvchilari sentabr oyida Education University of Hong Kongga borib oʻzlarining tadqiqotlarini olib borishlariga kelishildi.

Shuningdek, universitet professor-oʻqtuvchilari uchun professor Sing Kai Lo “Tadqiqot va nashr etish koʻnikmalarini rivojlantirish” mavzusida maʼruza qildi. Unda ilmiy maqolani nufuzli jurnallarda chop qilish va Hirsh Indexsini oshirish masalalari keng yoritildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachi tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.


Охирги ўзгариш: 29/08/2023 15:00.   Кўрилганлиги: 230
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/samdtu-yosh-tadqiqotchilari-education-university-of-hong-kongda-ilmiy-izlanishlar-olib-borishadi

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 4

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.