Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan “Ziyovuddin Silk” pillachilik klasterida pilla hosilini qabul qilish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi B.Sharipov, Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov hamda Paxtachi tumani hokimi M.Hamdamov ishtirok etdi.
Bundan 5-6 yil muqaddam respublikamiz bo‘yicha 20 mln. dollarlik ipak mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, bugungi kunda mazkur ko‘rsatgich birgina Samarqand viloyati ulushiga to‘g‘ri kelmoqda.
Birgina 1-2 mavsumda viloyatda 57 ming 329 quti ipak qurti parvarishlanib, 3 ming 325 tonna pilla hosilini yetishtirish niyat qilingan.
Tadbir davomida ishtirokchilar korxonaning ishlab chiqarish quvvati, eksport mahsulotlari hamda pilla qabul qilish punktlarining shaylik holati bilan tanishdi.
Shuningdek, kasanachilar tomonidan yetishtirilgan pillalar taroziga tortildi hamda shu joyning o‘zida mehnat haqlari to‘lab berildi. Kasanachilarga esdalik sovg‘alar topshirildi.
Gulnoza Boboyeva,
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 13
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.