13-dekabr kuni Samarqand viloyatidagi “Xalqlar doʻstligi va diniy bagʻrikenglik” muzeyi binosida “Milliy merosga mening hissam” aksiyasi doirasida xarid qilingan ashyolar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma Madaniy meros agentligi, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan tashkil etildi.
Ko‘rgazmada, Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari viloyat va respublika bo‘ylab ilmiy ekspeditsiyalari davomida topilgan hamda aholidan xarid qilib olingan bir qator noyob ashyolar namoyish etildi.
Xususan eksponatlar orasidan,
- Payariqdan topilgan saklarning ikki ming yillik bronza qozoni,
- miloddan avvalgi II asr va milodiy XIV asrlarga oid bronza ko‘zgular,
- Qoraxoniylar davriga oid 180 ta kumush tangalar kolleksiyasi,
- Chig‘atoy xonlarining 236 ta dinor va dirhamlari,
- ipak gilamlar, antiqa zargarlik buyumlari, tarixiy liboslar va rasmlar o‘rin olgan.
Ushbu ashyolar kelgusida muzey-qo‘riqxona tasarrufida tashkil etilishi rejalashtirilgan muzeylar ekspozitsiyasini boyitishga xizmat qiladi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 3
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.