Bu haqda viloyat hokimi E.Turdimov shu yil 4-avgustda qabul qilgan “Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltinchi chaqiriq, sakson to‘qqizinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida”gi qarorida belgiladi.
Qarorga ko‘ra, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining sakson to‘qqizinchi sessiyasi 2023 yil 11 avgust kuni chaqiriladi.
Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
- Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 15 iyuldagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy qilish ishlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida“ 294/23-sonli qarori ijrosi yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari” AJ raisi U.Nazarov va “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali boshlig‘i A.Muhammadiyevning hisobotlari haqida;
- viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari – jamoat xavfsizligi xizmati boshlig‘i X.Umarov 2023 yil birinchi yarim yilligida viloyatda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi sub’yektlar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti haqida;
- viloyatda 2023 yilning birinchi yarim yilligida davlat va mahalliy byudjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi to‘g‘risida viloyat iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i B.Mirzayevning hisoboti to‘g‘risida;
- viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i B.Shaymatovning viloyatda joylashgan moddiy madaniy meros ob’yektlari va madaniy boyliklarni aniqlash, hisobga olish, muhofaza qilish, asrash va ulardan oqilona foydalanish, muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarining but saqlanishi holati yuzasidan axboroti haqida;
- viloyat sektor rahbarlarining hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining ehtiyojmand qatlamini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish bo‘yicha “Yo‘l xarita”larini tasdiqlash to‘g‘risida;
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida;
- xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash muddatini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) to‘g‘risida;
- boshqa masalalar.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 3
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.