Yaponiyaning iqtisodiy mavzularni yoritishga ixtisoslashgan yetakchi bosma nashrlardan biri - «Forbes Japan» jurnalining 2023-yil aprel sonida O‘zbekistonga bag‘ishlangan maqolalar chop etildi.
Ushbu jurnalda chop etilgan birinchi maqola taniqli aktyor va kinorejissyor Takeshi Kitanoning xalqaro faoliyati haqida bo‘lib, uning "Ipak yo‘li durdonasi" XIV Toshkent xalqaro kinofestivalidagi ishtiroki yoritilgan.
Nashrda taniqli yapon rejissyorining ushbu kinofestivalda ishtiroki mahalliy hamjamiyat va yosh kinoijodkorlar tomonidan katta qiziqish kutib olingani qayd etilgan. "Toshkent kinofestivalida Takeshi Kitanoning "Sonatina" filmi namoyish qilindi. Ushbu film festivalning "Jahon kinematografiya rivojiga qo‘shgan alohida xizmati uchun» maxsus sovrini bilan taqdirlangan", deyiladi materialda.
Maqolada, shuningdek, o‘zbek-yapon aloqalari uzoq tarixga ega ekani ma’lum qilingan. Xususan, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng O‘zbekistonga olib kelingan yapon harbiy asirlari tomonidan qurilgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri alohida o‘rin tutishi qayd etilgan.
Shuningdek, "Forbes Japan" jurnalida yaponiyalik taniqli yozuvchi va xalqaro jurnalist Ryuichi Teshimaning "China Trigger" (“Xitoy faktori”) romanidan joy olgan "Moviy makon" nomli hikoyasi ham chop etildi.
E’tiborlisi, "Moviy makon" hikoyasi muqovasida Samarqanddagi Sherdor madrasasi tasvirlangan bo‘lib, u Mis Lovrens nomli qahramonning ko‘hna Samarqand shahriga safari xotiralaridan iborat. Hikoyada, Samarqand "Dunyodagi vohalarning eng mashhur durdonasi" deya ta’riflangan. Shuningdek, unda Samarqand shahrining tarixi, Registon, Bibixonim majmuasi, Afrosiyob tepaliklari, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi kabi qadimiy obida va maskanlar, o‘zbek milliy liboslari, bozorlardagi o‘zgacha shukuh yuksak mahorat bilan tasvirlangan.
Eslatib o‘tamiz, "Forbes Japan" jurnali 2014-yilda dunyoning eng taniqli moliyaviy va iqtisodiy jurnalidan biri "Forbes"ning Yaponiyadagi tahririyati sifatida tashkil etilgan. Jurnal oyiga bir marotaba 80 ming nusxada chop etiladi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 10
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.