Prezident Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini qurollantirish va mudofaa sanoati sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Qurolli Kuchlarini qurollantirish bo‘yicha davlat komissiyasi tashkil etildi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi:
— maxsus organlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnika hamda boshqa harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarni belgilash;
— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks dasturlarni ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
— davlat mudofaa buyurtmasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
— yangi harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjudlarini modernizatsiya qilish, investitsiyalarni jalb qilish va ushbu sohada davlat-xususiy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, sohani rivojlantirish uchun imtiyozlar va preferensiyalar berish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
— harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak anjomlari, dori vositalari, yonilg‘i-moylash materiallari va boshqa harbiy-texnik mol-mulkning strategik zaxiralarini yaratish choralarini belgilash;
— mudofaa sanoatini rivojlantirish, harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar bo‘yicha yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish masalalarini ko‘rib chiqish;
— urush davri uchun mahalliy ishlab chiqarish korxonalariga safarbarlik topshirig‘ini biriktirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish;
— maxsus organlarni qurollantirish va mudofaa sanoatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarning bajarilishini ko‘rib chiqish.
Hujjatda belgilanishicha, Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi negizida (Mudofaa vazirligi huzurida) Mudofaa sanoati agentligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzurida «O‘ztextreyd» davlat unitar korxonasi tuzildi.
«O‘ztextreyd» DUK xorijda ishlab chiqariladigan harbiy mahsulotlarni xarid qilish, eksport qilish bilan shug‘ullanadi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 2
Меҳмонлар: 14
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.