Самарқанд вилояти ҳокимлиги w w w . s a m a r k a n d . u z

"Jazeera Airways" Al-Quvaytdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

"Jazeera Airways" Al-Quvaytdan Samarqandga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

1-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:08da Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi. 

O‘zbekistonga yangi parvoz yo‘nalishi: Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo‘nalishini ochgan Airbus A320 samolyoti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo‘lovchilar esa gullar bilan kutib olindi.

Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, Jazeera Airways Oʻzbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Al-Quvaytdan Toshkentga muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.

Jazeera Airways Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi o'z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgani.


Киритилган вақти: 01/03/2023 16:09.   Кўрилганлиги: 224
 
Материал манзили: https://samarkand.uz/uz/press/news/jazeera-airways-al-quvaytdan-samarqandga-parvozlarni-yolga-qoydi

 

Сўровнома


Веб-сайтимиз орқали қайси соҳа бўйича кўпроқ янгиликлар жойлаштирилишини истайсиз?

Хабарларга обуна бўлиш


Статистика


Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 10

Ҳаракатлар стратегияси 2017-2021

 

Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.