1-mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:08da Quvaytning Jazeera Airways aviakompaniyasi samolyoti Samarqand xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.
O‘zbekistonga yangi parvoz yo‘nalishi: Al-Quvayt — Samarqand — Al-Quvayt yo‘nalishini ochgan Airbus A320 samolyoti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan, ekipaj va yo‘lovchilar esa gullar bilan kutib olindi.
Muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga ikki marta — chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib oʻtamiz, Jazeera Airways Oʻzbekistonga parvozlarni 2021-yilda boshlagan. Al-Quvaytdan Toshkentga muntazam yoʻlovchi qatnovlari haftasiga uch marta — dushanba, seshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Namanganga — dushanba, chorshanba va juma kunlari.
Jazeera Airways Quvaytning ikkinchi milliy aviakompaniyasi bo'lib, shtab-kvartirasi o'z terminaliga ega xalqaro aeroportda joylashgan va arzon narxlardagi havo sayohatlariga ixtisoslashgani.
Ўзбекистон Республикаси Президенти матбуот хизмати
Ўзбекистон Республикаси Давлат ҳукумати портали
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Сенати
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси Қонунчилик палатаси
Ўзбекистон Республикаси миллий қонунчилиги онлайн базаси
Алоқа, ахборотлаштириш ва телекоммуникация бўйича давлат инспексияси
Ҳозир онлайн
Рўйхатдан ўтганлар: 0
Меҳмонлар: 2
Copyright © 2010 – 2018. Самарқанд вилояти ҳокимлиги. Сайт материалларидан фойдаланганда www.samarkand.uz манбаи кўрсатилиши шарт.